Foto: Repost.uz
Oʻzbekiston boʻyicha 24-mart, juma kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8…+10 daraja, kunduzi +22…+24 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +20…+25 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi ayrim hududlarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7…+12 daraja, kunduzi +22…+27 daraja boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi ayrim hududlarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 daraja, kunduzi +20…+25 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi ayrim hududlarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7…+12 daraja, kunduzi +23…+28 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +5…+10 daraja, kunduzi +20…+25 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻ hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +10…+15 daraja boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling