O'zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo'lishi ma'lum qilindi

Sinoptiklar hafta soʻnggida kuzatilishi mumkin boʻlgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

Respublika hududi boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Janubi-gʻarbiy va janubiy hududlarda - kun davomida, markaziy hududlarda esa — kunning ikkinchi yarmida, Fargʻona vodiysi viloyatlarida - kechga tomon yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Respublika shimolida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Ertaga respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

Yakshanba kuni hududning katta qismida yomgʻir yogʻishi toʻxtaydi, faqat kechasi va ertalab markaziy va sharqiy hududlarda biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 0...+5 daraja iliq, baʼzi joylarda -2 daraja sovuq, kunduz kunlari +5...+10 daraja iliq atrofida boʻladi.

Poytaxtda bugun kechga tomon va ertaga vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Yakshanba kuni asosan yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Harorat asosan kechasi 0...+3 daraja iliq, kunduzi +7...+10 daraja iliq boʻladi.

3-5-fevral kunlari togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling