Foto: Open source
12-fevral kuni zilzila oqibatida Shonliurfa shahrida vafot etgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosining jasadi Istanbuldan Toshkentga yuborildi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, jasad asli namanganlik 42 yoshli ayol M.B.ga tegishli.
Marhumaning yaqinlariga sabr tilaymiz. Bu borada Bosh konsulxonaga moddiy va maʼnaviy yordam berganlarga tashakkur bildiramiz, — deyiladi axborotda.
Eslatib oʻtamiz, 11-fevral kuni zilzila oqibatida Hatay shahrida vafot etgan, Andijon viloyatida tugʻilgan 56 yoshli U.H. va Qahramanmarash shahrida vafot etgan, Namangan viloyatida tugʻilgan 40 yoshli N. M.ning jasadi Oʻzbekistonga yuborilgandi.
Bundan tashqari, Malatya shahrida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi zilzila oqibatida halok boʻlgan. Umumiy hisobda hozirgacha 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi zilzila qurboni boʻldi.
Anadolu maʼlumotlariga koʻra, Turkiyadagi zilzilalar oqibatida ayni vaqtga qadar 29,6 mingdan ortiq kishi halok boʻlgan. Qoʻshni Suriyada bu koʻrsatkich 3500 dan oshgan. Hududlardan salkam 148 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling