AQSHda Oʻzbekiston fuqarosi 5 ming dollar ustidagi mojaro sababli oʻz vatandoshini otib oʻldirdi. Bu haqda Fox 35 xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa 16-yanvar kuni Florida shtatining Oseola okrugida sodir boʻlgan. Xabarga koʻra, gumonlanuvchi Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishchi vizasi bilan kelgan. Marhumning viza muddati esa 2022-yilning mart oyida tugagan.
Otishma haqida xabardor qilingandan soʻng sherif idorasi xodimlari voqea joyiga kelganida, oʻq va qon izlarini koʻrgan. Hududdagi kasalxonalarga qoʻngʻiroq qilinib, surishtirilganidan keyin maʼlum boʻlishicha, Joʻraboyev Nishonboyevni AdventHealth Celebration shifoxonasiga olib borgan, Nishonboyev olgan tan jarohatlari tufayli ovoqea joyida vafot etgan.
Tergovchining aytishicha, mazkur hodisaga ikki shaxslar oʻrtasidagi 5 ming dollarlik mojaro sabab boʻlgan.
“Janjal mushtlashuvga aylanib, jabrlanuvchi gumonlanuvchiga musht tushirgan. Shundan soʻng, gumonlanuvchi mashinasiga kelib, qurolini olgan va uni otib oʻldirgan”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling