Samarqand aeroportida mamlakatga qurol olib kirishga uringan shaxs qo'lga olindi

Mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida  jarima jazosi tayinlangan.

Foto: Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati<br>

Foto: Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati

Samarqand viloyatidagi chegara-bojxona posti orqali Oʻzbekiston hududiga qurol olib kirilishiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Sheremetevo-Samarqand” yoʻnalishidagi aviareys bilan uchib kelib, “yashil yoʻlak” orqali harakatlangan fuqaroning xatti-harakati bojxonachilarda shubha uygʻotgan.

Xolislar ishtirokida mazkur shaxsga tegishli bagaj sumka belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, qiymati 5 mln soʻmlik 1 dona kalibri 4,5 mm boʻlgan pnevmatik toʻponcha hamda ushbu toʻponchaga tegishli 4 dona siqilgan havo balonchalari va 89 dona oʻqlarni tegishli ruxsatnomalarsiz olib kirishga uringanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarori bilan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, sudlanuvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida (1,5 million soʻm) jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 1 dona kalibri 4,5 mm boʻlgan pnevmatik toʻponcha hamda ushbu toʻponchaga tegishli 4 dona siqilgan havo balonchalari va 89 dona oʻqlari tegishli tartibda yoʻq qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling