Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent koʻchalarining birida Lacetti haydovchisi yoʻlning qarama-qarshi qismiga oʻtib harakatlangani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa 2023-yilning 17-yanvar kuni Chilonzor tumani Choʻpon ota koʻchasida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 21 yoshli haydovchi avtomashinaga tegishli boʻlgan davlat raqamini yechib, yoʻlning qarama-qarshi qismida harakatlangan.
Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 125-modda (Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish ) 5-qismi hamda 128-primm 5-modda (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga chiqishi) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling