Sirdaryoda firibgarlik qilgan “raygaz” xodimi ushlandi

U fuqaroning jarimasini yo'q qilib berishni va'da qilgan

Foto: Prokuratura departamenti

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan maʼlumotga koʻra, Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Sirdaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining taʼmirlash xizmati boshligʻi jinoyat ustida, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Qayd etilishicha, u fuqaroning ijarada yashayotgan xonadonida tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, 6,3 mln soʻm zarar aniqlanganligi holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomani yoʻq qilib berish evaziga 1 mln soʻm talab qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling