Toshkentda 3 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo'ldi

Labo avtomashinasi haydovchisi Matiz avtomashinasi haydovchisiga yoʻl bermay, burilish manyovrini amalga oshirgan.

Foto: IIBuz

Foto: IIBuz

Joriy yilning 2-fevral kuni soat 13:30 atrofida Mirobod tumani Tolimarjon koʻchasida “Elektroapparat” zavodi roʻparasida 2000-yilda tugʻilgan K.Yu. boshqaruvida boʻlgan Labo avtomashinasi hamda 2003-yilda tugʻilgan U.M. boshqaruvida boʻlgan Matiz avtomashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

YTH natijasida Matiz avtomashinasi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetida toʻxtab turgan 1988-yilda tugʻilgan A.K.ga tegishli Spark avtomashinasi bilan toʻqnashib ketgan.

“Labo avtomashinasi haydovchisi harakatlanish ustuvorligiga ega boʻlgan Matiz avtomashinasi haydovchisiga yoʻl bermay, burilish manyovrini amalga oshirganligi yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlishiga sabab boʻlgan”, — deyiladi xabarda.

Toʻqnashuv natijasida Labo avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling