Foto: Namanganliklar.uz
FVV Matbuot xizmatining xabar qilishicha, bugun, 7-fevral kuni soat 07:30 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Nurobod” MFY Navbahor koʻchasi raqamsiz yashash uyida, gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.
Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro tan jarohatini olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ayni vaqtda chaqnash oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda “Hududgaztaʼminoti” xodimlari chiqishgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling