O'zbekistonda sudga hurmatsizlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda

Hujjat sudning mustaqilligi va daxlsizligini mustahkamlaydi

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Oʻzbekistonda sudga hurmatsizlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Bu haqda prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida qayd etilgan.

Maʼlum qilinishicha, hujjat sudning mustaqilligi va daxlsizligini mustahkamlaydi. Sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi.

Xususan:

  • sudlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, sunʼiy intellektni joriy etish, sud majlislarida masofaviy ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
  • sud qarorlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash, davlat organlari va mahalliy hokimliklarning bu boradagi masʼuliyatini oshirish;
  • Odil sudlovni amalga oshirishga aralashish toʻgʻrisidagi har bir jinoyat ishining yakuni toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali aholini majburiy ravishda xabardor qilish;
  • sudyaga nisbatan turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kurerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga boʻlgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisidagi axborotni olishdan iborat tezkor-qidiruv tadbirlarining oʻtkazilishiga faqat Bosh prokurorning sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyilishini belgilash
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling