O'zbekistonda benzin narxini asossiz oshirgan 109 ta yoqilg'i quyish shoxobchasi aniqlandi

Ularga nisbatan birja savdolariga cheklovlar o'rnatiladi

Foto: Lada.kz

Foto: Lada.kz

Energetika vazirligining maxsus ishchi guruhi tomonidan 109 ta xususiy yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxining asossiz ko‘tarilishi, sun’iy taqchillik taxminlari, sifatsiz mahsulotlar sotilishi holatlari aniqlandi.

Mazkur yoqilg‘i quyish shoxobchalariga nisbatan AI-80 rusumli benzinni birja auktsionlarida sotib olishga cheklovlar joriy etildi, deb yozadi O‘zA.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonun buzilishi holatlariga huquqiy baho beradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling