Foto: France 24
Erondagi norozilik namoyishlarida qatnashgan ikki yigit osib o‘ldirildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, Muhammad Mahdi Karamiy va Sayid Muhammad Husayniy ofitserni o‘ldirganlikda ayblanib, qatlga hukm qilingan.
Karamiyning oilasi o‘ldirilishidan oldin u bilan ko‘rishishga ruxsat berishmaganini aytmoqda. Inson huquqlari tashkilotlari sud jarayonini qoralagan.
Prokurorlarning da’vo qilishicha, harbiylashtirilgan zobit Ruholloh Ajamian yaqinda o‘ldirilgan namoyishchiga ergashgan bir guruh namoyishchilar tomonidan o‘ldirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling