Foto: Repost.uz
25-yanvar kuni soat 15:40 atrofida Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani, “Mustaqillikning 27 yilligi” mahallasi, “Obod” koʻchasi, 1-uyning hovlisida, 1960-yilda tugʻilgan fuqaro va 2005-yilda tugʻilgan uning jiyanining murdalari qotillik alomatlari bilan topilgan.
Shu yilning 25-yanvar kuni viloyat prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda malakali xodimlardan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari koʻrilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling