Foto: Uznews
Toshkentning Yangixayot tumanida bedarak yoʻqolgan 12 yoshli qiz uyidan 20 metr uzoqlikda oʻlik holda topildi. Bu haqda "UzNews" maʼlum qildi. Hozircha bu jinoyat yuzasidan huquqni muhoafaz qiluvchi organ tomonidan rasmiy izoh berilmadi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 31-yanvar kuni soat 16:30 atrofida 2010-yilda tugʻilgan R.M. maktabdan chiqib, uyiga qaytmagan.
Maktab yaqinidagi xususiy korxonalar hududida oʻrnatilgan kuzatuv kameralari qizning uyiga piyoda ketayotganini qayd etgan.
Dastlabki taxminga koʻra, qiz uy hovlisiga kirib kelganida, uni muqaddam sudlangan 30 yoshli fuqaro A. koʻrib qolgan va aldov yoʻli bilan uni hovlilar orqali olib oʻtgan. Soʻng qizni zoʻrlab, boʻgʻib oʻldirgan, jasadini ariqga tashlab, unga tosh otgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Maʼlumot oʻrnida, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022-yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling