Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Jumladan, Dilmurod Xudayshukurov Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u viloyat hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Shuningdek, Oybek Ashurov Surxondaryo viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
U mazkur lavozimga tayinlovga qadar viloyat hokimligi Ijro apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Maʼlumot uchun, viloyat hokimining avvalgi o‘rinbosari Ilhom Saparov Jarqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan.