Foto: Repost.uz
Oʻzgidromet xabariga koʻra, harorat foni nisbatan tekis boʻladi. Havo harorati asosan kechalari +2...+7 daraja, kunduz kunlari +13...+18 daraja, ayrim kunlarda +20...+22 darajagacha boʻladi.
Haftaning katta qismida Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat 22-fevral chorshanba kuni respublika boʻyicha baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, shimoliy hududlar, eng chekka janub va Fargʻona vodiysida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayadi.
Juma kuni respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq va nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 24-fevral kuni baʼzi joylarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, kunduzgi harorat +3...+6 darajagacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Dam olish kunlari sovuq va nam havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.
Poytaxtda 20-24-fevral kunlari havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 22-fevralda kunnning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +3...+6 darajagacha , kunduz kunlari +16...+20 darajagacha, 22-fevralda +14...+15 darajagacha iliq boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling