Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan yuk tashishni qayta tikladi

Tomonlar 10-fevraldan boshlab Hayraton-Mozori Sharif temir yoʻlining ishini qayta tiklashga kelishib olishdi.

Foto: O'zbekiston temir yo'llari AJ

Foto: O'zbekiston temir yo'llari AJ

Joriy yilning 8-10-fevral kunlari Termiz shahrida Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afgʻon delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi, deya xabar bermoqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

Foto: O'zbekiston temir yo'llari AJ

Foto: O'zbekiston temir yo'llari AJ

Unga koʻra, uchrashuv natijasida Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi va “Sogdiana trans” SHK oʻrtasida “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yoʻlini ekspluatatsiya qilishni kelgusida davom ettirish boʻyicha, yangi shartnoma imzolashga kelishildi.

“Tomonlarning kelishuviga koʻra, Afgʻoniston tomoniga yoʻnaltirilgan vagonlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Sogdiana trans” SHK tomonidan Hayraton stansiyasiga yetkazib berish joriy yilning 10-fevralidan qayta tiklandi”, — deyiladi xabarda.

Foto: O'zbekiston temir yo'llari AJ

Foto: O'zbekiston temir yo'llari AJ

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar boʻyicha bayonnoma imzolandi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Afgʻonistonga yuk tashishni vaqtincha toʻxtatgani haqida xabar bergan edik.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling