Foto: Sputnik / Сергей Пятаков
Buxoro shahrida Oʻzbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshma hukumatlararo komissiya ishchi guruhlarining yigʻilishi yakunlandi.
16-21-yanvar kunlari tomonlar Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha hukumatlararo komissiyaning qoʻshma majlisiga tayyorgarlik koʻrish masalalarini koʻrib chiqdi.
Jumladan, davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalari koʻrib chiqildi va kelishib olindi.
Yigʻilishda, shuningdek, ishchi guruhlarning 2023-yilga moʻljallangan yigʻilishlari taqvimi kelishib olindi. Muzokaralar yakunida protokol imzolandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling