O'zbekiston, Qirg'iziston va Qozog'iston o'rtasida Qambarota GES-1 qurilishi bo'yicha yo'l xaritasi imzolandi

Tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari va zarur chora-tadbirlarni belgilab olgan

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati<br>

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston oʻrtasida Qambarota GES-1 qurilishi boʻyicha yoʻl xaritasi imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur “yoʻl xaritasi” 6-yanvar kuni Qirgʻizistonning Bishkek shahrida Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, Qirgʻiziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Qozogʻiston energetika vaziri Bolat Akchulakov tomonidan imzolangan.

Maʼlum qilinishicha, tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari va zarur chora-tadbirlarni belgilab olgan.

“Mazkur GES nafaqat Qirgʻiz Respublikasini, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining elektr va suv taʼminotida muhim oʻrin tutadi” — deyiladi xabarda.

Xabarga koʻra, loyiha doirasida 5,4 milliard kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga oʻrtacha 5,6 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling