Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev bugun ertalab, prezident yigʻilishidan avval Oʻzbekistonni tark etmoqchi boʻlganida toʻxtatildi. Bu haqda bloger Nikita Makarenko oʻz manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Manbaning aniqlik kiritishicha, sobiq hokim bugun tongda shahardan oʻz oilasi bilan chiqib ketishga uringanida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan toʻxtatilgan.
Shuningdek, turli manbalarda aeroportda Ortiqxoʻjayev aks etgan videolahvalar ham tarqalmoqda.
Boshqa bir manbalarda esa ushbu surat 13-yanvardan 14-yanvarga oʻtar kechasi olingani aytilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Ortiqxoʻjayev 15-yanvar kuni prezident rahbarligidagi shtab yigʻilishida qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun ishdan olingan.
16-yanvar kuni prezident huzurida energiya resurslari taʼminoti yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda DXX va Bosh prokuraturaga lavozimidan ozod etilganlarning faoliyatini tekshirish boʻyicha topshiriq berildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling