Harakat tezligi soatiga 60 kmga tushirilganiga qarshiman — Xalima Ibragimova

Taniqli sanʼatkor Xalima Ibragimova harakat tezligi 60 km/soat qilib belgilanganiga munosabat bildirdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar va tumanlar markazlarida joriy yilning 1-aprel kunidan boshlab yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” gʻoyasi asosida isloh qilish maqsadida harakatning maksimal tezligi 60 km/soatga tushirildi.

Ushbu qaror yuzasidan taniqli sanʼatkor Xalima Ibragimova oʻz munosabatini quyidagicha bildirdi.

“Joriy yil 1-aprel kunidan boshlab harakat tezligini 60 km qilib qoʻyishdi. Bu qaror kimga yoqdi yoki kim qarshi bilmayman, ammo bunga shaxsan oʻzim qarshiman. 70 tezlik yaxshi edi. Tirbandlikni hisobga oladigan boʻlsak shundoq ham toshbaqaga oʻxshab yuramiz shaharni ichida. Lekin shuncha zoʻr avtomobillarni haydash uchun olib kirishyapti, lekin 60 tezlikda toshbaqaga oʻxshab yurmaymizku, toʻgʻrimi?

Qoidani buzadigan odam buzaveradi, kerak boʻlsa biz ham 1 yarim millionlab jarima toʻladik. Agarda shoshilayotgan boʻlsak va toʻlaydigan jarimamizni boradigan joyimiz qoplasa gap boʻlishi mumkin emas. Menimcha 60 tezlik juda ham past. Referendum paytida buni yana qayta oʻylab koʻrishadi, deb oʻylayman. 70 biz uchun zoʻr”, — dedi Xalima Ibragimova.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling