Foto: Bosh prokuratura
Joriy yilning 11-mart kuni soat 11:53 atrofida Toshkent shahridagi Hamza stansiyaning birinchi yoʻlida 2101-sonli yuk poyezdi joʻnatilayotgan paytida 3ta boʻsh vagon izdan chiqqan, deya xabar bermoqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.
“Tegishli tarkibiy boʻlinmalar tomonidan zudlik bilan holat yuzasidan kerakli chora-tadbirlar koʻrilib, voqea sabablari oʻrganilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling