Foto: Instagram
Yaqinda xonanda va bloger Ruhsora Em yangi oʻzbek serialida suratga tushishi xabar qilingandi. Biroq, u oʻzining qarori haqida maʼlum qildi.
Unga koʻra, bloger bu loyihani tark etgan.
“Yangi ”Soʻngi nafas“ serialining anonslarini hammangiz koʻrgan boʻlsangiz kerak. Ammo yaqinda men yigitlarga bu serialga tushmasligimni aytdim”, — deydi u.
Uning soʻzlariga koʻra, bloger oʻzi uchun toʻgʻri boʻlgan yoʼnalishni tanlagan.

“Hozir men musiqa boʻyicha harakat qilyapman va bir-ikkita yangiliklar bor, ularni vaqti kelganda eʼlon qilaman. Hozir telekoʻrsatuvlar va filmlarda suratga olish vaqtim va diqqatimni oladi”, — deya qoʻshimcha qilgan u.