Foto: OʻzA
Maʼlum qilinishicha, 1996-yilda tugʻilgan samarqandlik J.Y. mahalliy fuqaroni 50 ming AQSH dollari evaziga “Toshkent-Yevropa-Meksika” yoʻnalishi orqali AQSHga joʻnatishni vaʼda qilgan. U zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaro N.T.dan “avans” sifatida 10 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
J.Y.ga tegishli avtomashina koʻzdan kechirilganida fuqaro N.T.ga tegishli xorijga chiqish pasporti, uning qizining ID-kartasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma va boshqa hujjatlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling