O'zbekistonda ko'p qavatli uylarning fasad qismi renovatsiya asosida bazalt qoplamaga o'tkaziladi

Bosh vazir Abdulla Aripov oʻtkazgan yigʻilishda ikki oy ichida tegishli dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi

Foto: Open source

Foto: Open source

Oʻzbekistonda 31 mingta uylarning fasad qismi renovatsiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga oʻtkaziladi. Bu haqda 23-yanvar kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida oʻtkazilgan davom etayotgan anomal sovuq havo sharoitida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, respublika boʻyicha jami 40 mingta koʻp qavatli uy-joy mavjud boʻlsa, shundan 31 mingga yaqini 1991-yilgacha qurilgan.

Shu bois, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu 31 mingta uylarning fasad qismini renovatsiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga oʻtkazish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda issiq suv va elektr bilan taʼminlashni nazarda tutuvchi dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi topshirildi.

Shu bilan birga, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi endilikda yangidan quriladigan koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarining loyiha-smeta hujjatlariga energiya samaradorlik darajasi yuqori boʻlgan qurilish materiallari va jihozlardan foydalanishni majburiy tartibda kiritishi topshirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling