Videodan kadr
Avvalroq, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xarid qilinayotgan maxsus avtomobil yaqin qoʻshni davlatlarda ham yoʻqligini maʼlum qilgan edi.
Madaniyat va turizm vazirligi shov-shuvlarga sabab boʻlgan, davlat budjetiga qariyb 8 mlrd soʻmga tushgan koʻchma studiyali yuk mashinasini taqdim etdi.
“Uni oʻzida sahnasi bor, ovoz kuchaytirgichlaridan tortib, ekranlarigacha boʻladi. U zamonaviy koʻrinishdagi katta saroylarni, deylik, ”Xalqlar doʻstligi“ sanʼat saroyining xuddi kichraytirilgan sahnasidek boʻladi. Bundan maqsad eng chekka hududlarda ham sifatli xizmat koʻrsatish. Oddiy qora pardani oldida xira lampochkani yoqib qoʻyib, konsert berishlar davri oʻtdi. Aholini saviyasi kundan kunga oʻsib, dunyoni koʻryapti. Shuning uchun yuqori darajada xizmat koʻrsatish talab etiladi. Buni vazirlik yutugʻi deb, toʻgʻri tushunishim kerak”, - deya taʼkidlagan edi Ozodbek Nazarbekov.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling