HONOR ayollarning kundalik hayotdagi roliga bag‘ishlangan kampaniyasini taqdim etdi

Kampaniya doirasida ko'pincha e'tibordan chetda qoladigan kundalik g'amxo'rlik lahzalarini namoyish etuvchi ijodiy video taqdim etildi. 

Dunyo bo'ylab ayollarning kundalik hayotga qo'shgan hissasi jamiyatdagi muhim ahamiyatiga qaramay, ko'pincha e'tibordan chetda qoladi. G'amxo'rlik, diqqat-e'tibor va hissiy qo'llab-quvvatlash jismoniy iz qoldirmaydi, shuning uchun atrofdagilar uchun ko'rinmas bo'lib qoladi. Aynan shu qadriyatni ko'rsatish maqsadida HONOR xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlab «Ko’rinmas lahzalarga yangicha nigoh » kampaniyasini o'tkazdi.

Kampaniya doirasida ko'pincha e'tibordan chetda qoladigan kundalik g'amxo'rlik lahzalarini namoyish etuvchi ijodiy video taqdim etildi. Videoda HONOR 400 Pro smartfonining "AI Image to Video" funksiyasi ishlatilgan bo'lib, u statik kadrlarga dinamika bag'ishlash va oddiy sahnalarni yangicha ochib berish imkonini beradi.

UGC-challenge o'tkazilib, uning doirasida foydalanuvchilar bir necha ming repost qildi va hayotlaridagi muhim ayollarga minnatdorchilik so'zlarini ulashdi. Bosh mukofot — HONOR 400 Pro — sohibasi Madina Utaboyeva smartfonni singlisiga sovg'a qildi.

Bu kampaniyaga yuzlab odamlar qo'shildi va o'zlarining samimiy, shaxsiy va muhim hikoyalarini ulashdi. Uni millionlar tomosha qildi, yaqinlariga yubordi va o'z tajribasi orqali his qildi. Natijada kampaniya 50 000 dan ortiq foydalanuvchini qamrab oldi va 5 milliondan ziyod odamlarni e’tiboriga tushdi.

Loyihaning alohida ramziga mashhur aktirsa Rano Shodiyeva aylandi — u o'zining shaxsiy hikoyasini ulashdi va kampaniya ambassadori bo'ldi. 

Ba'zi so'zlar telefon ekranlaridan chiqib ketdi. 9 dan 16 martagacha eng ta'sirchan xabarlar Toshkent markazidagi LED-ekranda namoyish etildi — bu «ko'rinmas» lahzalar sezilishi mumkin va sezilishi kerak, degan ramz sifatida.

HONOR haqida

HONOR — global miqyosdagi yetakchi intellektual qurilmalar ekotizimi kompaniyasidir. Kompaniya sun’iy intellekt davrida inson va qurilma o‘rtasidagi aloqalarni inqilobiy tarzda o‘zgartirishga intiladi.

Facebook: @honoruzbekistan

Instagram: @honoruzbekistan

Telegram: @HonorUzbekistan

YouTube: @Honor-Uzbekistan

Reklama huquqlari asosida

Yangiliklar