Foto: Yandex
Qirgʻiziston Bosh prokuraturasi mamlakatning birinchi prezidenti Asqar Akayevga nisbatan “Qumtor” oltin koni bilan bogʻliq jinoiy ish boʻyicha tergovni toʻxtatdi. Bu haqda "TACC" xabar berdi.
Qayd etilishicha, Akayevga qoʻyilgan barcha jinoiy ayblovlar olib tashlandi. Avvalroq Qirgʻizistonning birinchi rahbariga nisbatan boshqa epizodlar boʻyicha tergov ishlari toʻxtatilgan edi.
Oilasi bilan Moskvada yashab kelayotgan Akayev 2022 va 2021-yilda“Qumtor” ishi boʻyicha guvohlik berish uchun vataniga kelgan. Bu kon Qirgʻizistonning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, yiliga 15 tonnaga yaqin oltin qazib olinadi. Ilgari uni oʻzlashtirish bilan kanadalik investorlar shugʻullangan, keyinroq kon milliylashtirildi.
2005-yil aprel oyida Akayev va uning oila aʼzolariga nisbatan bir necha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, shu jumladan korrupsiya moddasi boʻyicha. Hozirda ularning barchasi toʻxtatilgan yoki tugatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling