Yangi vazir "roddom"lardagi “suyunchi puli”ni keskin tanqid qildi

Yangi yil tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb eʼlon qilinib, vazirlikning maxsus “Ishonch telefoni” tashkil etiladi

Foto: SSV

Foto: SSV

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov vazirlik Hayʼat yigʻilishida tizimdagi korrupsiyani keskin tanqid qildi.

"Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan korrupsiya urchigan bir qator yoʻnalishlar borki, birinchi navbatda ularga barham berishimiz kerak.

Xususan, ishga joylashtirish, ayniqsa hamshiralarni, roddomlardagi “suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan stavkalar, order berishdagi tanish-bilishchilik kabi illatlar mavjudligini hamma biladi.

Afsuski, shu ishlarni amalga oshirayotgan ayrim nopok shaxslar tufayli butun tizim shaʼniga dogʻ tushmoqda", — deya taʼkidlagan vazir.

Yangi yil tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb eʼlon qilinib, vazirlikning maxsus “Ishonch telefoni” tashkil etiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Amrillo Inoyatov “Quramax” dori vositalari sotilishini toʻxtatish boʻyicha topshiriq bergandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling