Videodan kadr
Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqda tarqalgan oʻqituvchilar ommaviy kaltaklangani aks etgan video yuzasidan maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, 2023-yil 14-aprel kuni soat 12:00 larda Uzun tumanidagi 31-sonli oʻrta taʼlim maktabining direktor xonasida oʻtkazilayotgan yigʻilishda 34 yoshli erkak (oʻqituvchi) ikki nafar ayol oʻqituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 18-aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling