Turkmanistonda 8-mart munosabati bilan xotin-qizlarga pul sovgʻasi beriladi

Prezident Serdar Berdimuhamedovning farmoyishiga muvofiq, mamlakatdagi har bir xotin-qizlarga 17 dollardan pul sovgʻasi topshiriladi.

Foto: Turkmenportal.com

Foto: Turkmenportal.com

Turkmanistonda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan xotin-qizlarga pul sovgʻalari berilmoqda, deya xabar berdi turkmenistan.gov.tm nashri.

Dastlab bogʻcha tarbiyalanuvchilariga prezident sovgʻalari topshirildi. Xabarda aytilishicha, har bir xotin-qizlarga 17 dollargan pul sovgʻasi beriladi.

Turkmaniston prezidentining farmoyishiga muvofiq, joriy yil 1-martdan 6-martgacha boʻlgan davrda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan, pensiya va davlat nafaqalari oluvchi, maktab, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchi ayollar va qizlar Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan pul sovgʻalari olishadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling