Foto: Getty Images
Favqulodda vaziyatlar davlat boshqarmasining aniqlik kiritishicha, zilzila Qahramonmarash viloyatining Pazarjik tumanida mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da (Toshkent vaqti bilan 06:17) 7 km chuqurlikda sodir boʻlgan.
Bundan tashqari, yer silkinishlari yarim soat davomida turli hududlarda – Adana, Anqara, Antaliya, Gaziantep, Kayseri, Mersin, Trabzon, Shanliurfada sezildi
Hozircha qurbon va jarohatlanganlar haqida maʼlumot berilmagan.
Turkiyaning Shanliurfa shahrida zilzila oqibatida 16 ta turarjoy binolari qulab tushgan, odamlar vayronalar ostida qolmoqda. Bu haqda shahar meri maʼlum qildi.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, qutqaruvchilar va boshqa idoralar zilzila oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling