Turki Xolid Hamad al-Mikrad Kuvaytning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi

Vazir elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Turki Xolid Hamad al-Mikrad Kuvaytning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Vazir elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Muloqotda O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z borgan.

Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling