Mittivine jamoasi yana ijodga qaytganini ma'lum qildi — video

Farhod Mannopovning oʻlimidan soʻng jamoa ilk bor video ishlab, obunachilariga taqdim qildi.

Videodan kadr

Videodan kadr

Mittivine jamoasi oʻzining Instagramʻdagi sahifasiga faoliyatini qayta tiklagani haqida video joyladi. Videoda jamoaning marhum aʼzosi Farhod Mannopovning onasi ham koʻrinish bergan. U oʻgʻlining jamoadoshlariga duo berib, ularni yanada kuchliroq ishlashga undagan.

“Oʻgʻlim bitta deb yurardim, mana shuncha oʻgʻlim bor ekan. Men hamisha sizlar uchun duodaman. Ishinglarni umuman toʻxtatmanglar. Farhod bor vaqtdan ham yaxshiroq ishlaysizlar deb umid qilaman. Bundan ham kattaroq muvaffaqiyatlar kutaman”, - deydi marhumning onasi.

Eslatib oʻtamiz, 5-mart kuni Mittivine jamoasi yetakchisi Farhod Mannopov vafot etgandi. Shundan soʻng, jamoa oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar butunlay vayn sohasidan ketgani xaqida ham xabarlar tarqaldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling