Surxondaryoda Spark va tez yordam mashinasi o'zaro to'qnashishi oqibatida haydovchi halok bo'ldi

Spark haydovchisining tengdoshi boʻlgan yoʻlovchisi esa ogʻir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan

Videodan kadr

Videodan kadr

28-yanvar kuni soat 04:10 larda Angor tumani M-39 xalqaro avtomobil yoʻlining 1433-kilometrida Spark va tez yordam mashinasi oʻzaro toʻqnashdi. Bu haqda Viloyat IIB YHXB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, tez yordam mashinasi oʻz yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib ketayotgan boʻlgan. Spark haydovchisi yoʻl qoidasini qoʻpol ravishda buzib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib harakatlanishi natijasida avtomashinalar toʻqnashib ketgan.

Oqibatda Sparkʻning 22 yoshli haydovchisi voqea joyida olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan. Tengdoshi boʻlgan yoʻlovchisi esa ogʻir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling