Videodan lavha
DXX tomonidan Navoiy shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi fuqaro “Cobalt”ida 100 ming soʻmlik banknotlardan iborat 221 mln 100 ming soʻm miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlandi.
Tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sheriklari boʻlgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida yashovchi 5 nafar shaxs ham qoʻlga olindi.
Ulardan jami 139 mln 800 ming soʻm miqdoridagi qalbaki pullar olindi.
Tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati 360 mln 900 ming soʻm boʻlgan qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qoʻyildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling