Andijonda 30 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Andijon tumanidagi MFYlardan birining raisi va ushbu mahalladagi hokim yordamchisi ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Ular fuqaroga chorvachilik maqsadida mazkur mahalladan ajratib berilgan yerning 2 sotixini hamda davlat zaxirasidagi 28 sotix yerni Andijon shahrida yashovchi shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni reja qilishadi.

Ular jami 30 sotix yerning bir qismini noturar, qolgan qismini turar joy toifasiga o‘zgartirib berishni aytadi.

Yer uchun 57 ming dollar va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 3 ming dollar talab qiladi. 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchilar oldindan 28 ming dollar va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 3 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

Yangiliklar