Joriy yil qancha o‘quvchi maktabni tugatdi?

 171 nafar yoshlar dunyoning yetakchi universitetlariga, minglab bitiruvchilar mamlakatdagi oliygohlarga qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilariga tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, 472 ming nafar o‘g‘il-qizlar maktab taʼlimini tugatgan.

Joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda. 

"Mamlakatimizda 207 ta oliygoh va 643 ta texnikum sizlarga zamonaviy bilim, kasb va malaka berishga tayyor. Tirishqoq, o‘z kuchiga ishongan yoshlarimiz hali maktabni tugatmasdan turib, yurtimizdagi, chet eldagi nufuzli oliygohlarga kirishga ulgurdi", – deyiladi tabrikda. 

Qayd etilishicha, 171 nafar yoshlar dunyoning yetakchi universitetlariga, yana minglab bitiruvchilar mamlakatdagi oliygohlarga qabul qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling