Foto: KazTAG
Qozogʻistonning Oqmoʻla viloyatidagi ishlamayotgan “Bestobe” koni hududida noqonuniy oltin qazib oluvchilar erkak jasadini topishdi. Bu hadqa “KazTAG” xabar bermoqda.
Marhumning jasadiga aniqlik kiritilganida, u 1982-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. Qaragʻanda viloyatining Janaarkin tumanida yashovchi 32 yoshli voqea guvohining aytishicha, u ikki haftadan beri shaxtada boʻlgan.
Xabarga koʻra, aynan u konchilar dam olish xonasi yaqinida chalqancha holatda jonsiz yotgan odam jasadiga duch kelgan. Marhumning yonida toshlar ham boʻlgan.
Maʻlum qilinishicha, mazkur voqea haqida politsiyaga shaxta navbatchisi xabar bergan. Noqonuniy muhojirning soʻzlariga koʻra, marhum shaxtada 18 kun boʻlgan. Ular “Bestobe” yaqinida yashovchi 1994-yilda tugʻilgan sherigi bilan birga marhumning jasadini qopga solib, “Markaziy” shaxtasining 475-gorizontidan yer yuzasiga olib chiqqan.
Oʻz navbatida konga egalik qiluvchi “Altinalmas” kompaniyasi bir necha bor “Bestobe” shaxtasida tarkibida oltin bor rudalarni noqonuniy qazish bilan shugʻullanish xavfli ekani haqida ogohlantirgan. Bugungi kunda shaxta konservatsiyalangan va u yer osti suvlari bilan toʻlishda davom etmoqda.
Xabarga koʻra, 2022-yilda bu yerda 940 nafardan ortiq noqonuniy konchi ushlanib, politsiyaga topshirilgan.
Maʻlumotlarga qaraganda, 2022-yilning dekabrida “Oltinalmas” korxonasi rahbariyati fuqarolik faollarining toʻliq mexanizatsiyalash oʻrniga xomashyo qazib olish uchun qoʻl mehnatini qoldirishni amalga oshirib boʻlmaydigan talablari tufayli Bestobe qishlogʻidagi kon oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Hozir bu yerda yangi investorga oʻtish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling