Toshkent viloyatida kran agʻdarilib ketishi natijasida mashinist halok boʻldi — video

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Videodan kadr

Videodan kadr

Toshkent viloyati Parkent tumani Zarkent qishlogʻida kran agʻdarilib ketib, odam halok boʻldi. Holat yuzasidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, avtokran bilan yuz bergan baxtsiz hodisaning asosiy omillaridan biri yukni bir nechta kranlar bilan koʻtarish (sparennaya peremeщyenniye gruza) asosida amalga oshirilmaganligi sababli roʻy bergan. Avtokranining ogʻib ketishi oqibatida avtokran mashinisti ogʻir jarohatlar sabab shifoxonada vafot etgan.

Baxtsiz hodisa “QYL-Yoʻl Qurilish Taʼmir” MCHJ tomonidan muntazam ravishda xavfsizlik choralarini koʻrmaganligi sabab roʻy bergan.

Sodir boʻlgan baxtsiz hodisa Toshkent viloyati mehnat inspeksiyasi, mutaxassislari tomonidan maxsus tekshirish oʻtkaziladi va ularning xulosalari huquq targʻibot organlariga taqdim etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling