May oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Oy davomida o‘rtacha harorat iqlimiy me‘yordan 1,5-2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Joriy yil may oyi beqaror ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Birinchi besh kunlikda respublika hududi bo‘yicha ba‘zi joylarda momaqaldiroq va kuchli shamol bilan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘adi. 

Havo harorati asosan kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 22-27 daraja bo‘ladi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha harorat kechalari 13-18 darajadan 18-23 darajagacha, kunduz kunlari 25-30 darajadan 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 36-38 darajagacha o‘zgarib turadi. 

Ushbu davrning ayrim kunlarida ba‘zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.

2026-yil may oyida o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me‘yordan 1,5-2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling