May oyi oxirigacha ob-havo qanday bo‘ladi?

29-31-mayda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. 

26-27-mayda respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ushbu kunlarda havo harorati 25-30 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda 33-35 darajagacha bo‘ladi.

28-mayda respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.

29-31-mayda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari 35-38 darajagacha ko‘tariladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, 25-28-mayda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Ayrim joylarda kuchli jala yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. 

29-31-mayda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. 25-31-mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 26-27 mayda shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 26-28 daraja bo‘ladi.

26-mayda kechga tomon va 27-mayda kun davomida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-mayda 28-30 daraja, 27-mayda 26-28 daraja bo‘ladi.

28-31-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin 33-36 darajagacha ko‘tariladi.

Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 26-27 mayda 10-12 m/s gacha kuchayadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling