Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Yaqinda Osiyoning mashhur futbol klublaridan biri “Al-Hilol” Lionel Messini oʻz safiga jalb qilmoqchi ekani malum boʻldi. Ular JCH-2022ning eng yaxshi futbolchisiga yiliga 300 million dollar maosh taklif qilmoqchi.
“Esquire” nashrining qayd etishicha, shu tariqa “Al-Hilol” Ronaldu hozir aʼzo boʻlgan Saudiya Arabistoni chempionatidagi asosiy raqibi “An-Nasr”ni ortda qoldirmoqchi.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, bu harakat birinchi navbatda, 2030-yilgi jahon chempionatini qoʻlga kiritish bilan bir qatorda mintaqada futbolni yanada ommalashtirishga yordam beradi.
Eslatib oʻtamiz, Lionel Messining parijliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi va futbolchi hali faoliyatini qayerda davom ettirishini hal qilmagan. Biroq parijliklar yulduz bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekani maʼlum qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling