Ta‘mirlash ishlari tufayli 22-aprel kuni poytaxtning ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 12:00 gacha) — “Asaka” MFY;
Bektemir tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — “Iyk Ota” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.