Toshkentda erkak Paynet kioski ichidagi pullarni oʻgʻirlab, kioskni kanalga tashlab yubordi

33 yoshli erkak qoʻlga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Videodan kadr

Videodan kadr

 

Toshkent shahrining Mirobod tumanida nomaʼlum shaxs oziq-ovqat doʻkoni yonida oʻrnatilgan 31 million soʻmlik Paynet kioskini oʻgʻirlab ketdi. Oʻgʻirlikda gumon qilinib, 33 yoshli, muqaddam sudlangan fuqaro B. qoʻlga olindi, deya xabar berdi IIV Matbuot xizmati.

Tekshiruv davomida maʼlum boʻlishicha, erkak kioskni ochib, pullarni oʻgʻirlagan. Shundan soʻng, kioskni kanalga uloqtirgan. Uning soʻzlariga koʻra, terminalda 7 million soʻm boʻlgan. Erkak bu pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, qoʻlga olingan shaxs kuchli dori vositalarini isteʼmol qilgan, oʻsha kuni u ham dori taʼsiri ostida boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.ga nisbatan JKning 169-moddasi (Oʻgʻirlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling