Toshkent shahar hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Avvalroq poytaxt hokimining 12 nafar o‘rinbosari bo‘lishi aytilgandi.

Toshkent shahar hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dauletiyar Xudaybergenov hokiminng moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Alisher Dusmuhamedov hokimning axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.

U 2023-yildan buyon Bojxona qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni ta‘minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling