Ulugʻbek Rashitov “Katta dubulgʻa” musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Xitoy mezbonlik qilayotgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki oltin medalni oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Foto: worldtaekwondo.org

Foto: worldtaekwondo.org

Xitoyning Usi shahrida taekwondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasining dastlabki final kuni yakunlandi. Ushbu final bocqichida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulugʻbek Rashitov eronlik Doniyol Bozorgʻishobdan ustun keldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling