Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi?

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu holatga izoh berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Bugun – 2023-yil 31-mart kuni eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning soʻnggi kuni.

Joriy yil 1-apreldan boshlab 2010-yilgacha berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

“Haydovchilik guvohnomasini almashtirishga murojaat qilganda yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmasdan keyin almashtirishga murojaat qilganda maʼmuriy jazo qoʻllanilmaydi.

Faqat avtotransport vositasini boshqarish huquqini bermaydi, yaʼni muddati oʻtgan yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobil boshqargan shaxsga nisbatan MJtKning 135-moddasi bilan ”hujjatsiz boshqarish“ sifatida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi”, — deya OʻzAga xabar bermoqda DYHXX.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling