Foto: t.me/Toshkent_metropoliteni_rasmiy
Joriy yil 11-martdan 18-martgacha koʻtarilgan metro liniyasining 7-“Qoʻyliq” bekati vaqtinchalik yopiladi, deb xabar berdi poytaxt metropoliteni matbuot xizmati.
Bunga Toshkent metropolitenining 6 va 7-bekatlari oraligʻidagi yer ustki qismida Fargʻona yoʻli koʻchasidan Qoʻyliq bozorigacha qurilayotgan avtomobil yoʻl oʻtkazgichini qurish ishlari yakunlangani bilan bogʻliq.
Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 6 va 7-bekatlar oraligʻida qoʻshimcha avtobus qatnovi tashkil etiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling