Foto: Repost.uz
9-fevral kuni Oʻzbekistonning turli hududlarida meʼyordan yuqori darajada shamol boʻlishi kutilmoqda. Oʻzgidromet rahbari Sherzodxoʻja Habibullaxoʻja oʻzining Facebookʻdagi sahifasida poytaxtdagi mashina egalariga avtomobillarini xavfsiz joyga qoʻyishni tavsiya qildi.
Sinoptiklarning xabar berishicha, payshanba kuni Oʻzbekistonda havo oʻzgaruvchan boʻlib, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +4…+9 iliq, shimolda +2…-7 daraja sovuq boʻladi.
Poytaxtda havo bulutli, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, kunning ikkinchi yarmida qorga aylanishi mumkin. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling